insurez

davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyatiga oid hisoboti

 

Kattaqo‘rg‘on tumanida 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2024 yil rejalari to‘g‘risida

MA’LUMOT

  1. Aholini bandligini ta’minlash masalasi.

2023 yilda jami:

42,9 ming nafar aholi bandligi ta’minlandi.

(shundan, 15,85 ming doimiy, 21,15 ming mavsumiy va 5,84 ming nafari legalizatsiya hisobiga).

- 23,7 ming kishi qishloq xo‘jaligida bandligi ta’minlandi.

(jumladan, 8,4 ming kishi o‘zoq muddatga ijaraga dehqonchilik uchun ajratilgan yerlarda, 5,8 ming kishi takroriy ekin va tomorqa xo‘jaliklarida, 6,2 ming kishi pillachilik va 3,3 ming kishi boshqalar)

- 17,7 ming kishi savdo, xizmat va tadbirkorlik sohasida:

(jumladan, 6,2 ming kishi savdo va xizmat ko‘rsatishda 4,8 ming legalizatsiya, 2,3 ming kishi mikromarkazlar, kasanachilik va qurilish brigadalariga, 2,1 ming bo‘sh ish o‘rinlari va 1,7 ming boshqa yo‘nalish)

- 1440  nafar kishi yangi investitsiya loyihalarida bandligi ta’minlandi.

Umuman joriy yilda barcha yo‘nalishlarda 24 850 ta doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga ishsiz aholini daromad keltiradigan mehnat bilan band qilish rejalashtirilgan.

Hozirda mazkur dasturni ijrosini ta’minlash maqsadida, sektorlar hamda MFY lar kesimida dastur ijrosini oyma-oy ta’minlash bo‘yicha manzilli ishlar tashkil etilgan.

Joriy yilning yanvar-may oylari yakuni bilan jami 7 677 nafar aholi bandligi ta’minlash rejalashtirilgan edi. Amalda jami 9 968 nafar yoki rejaga nisbatan 130 % aholi bandligi ta’minlanadi.

Joriy yilning 2-choragida jami 8 527 ta, jumladan aprel oyida tuman bo‘yicha 3 562 ta, may oyida 2 833 ta, iyun oyida 3 506 ta aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli ishlar tashkil etilgan holda amaliy ishlar olib borilmoqda.

 

        2023- yilda jami 1 216  yangi tadbirkorlik sub’ektlari ya’ni 382 ta kichik biznes sub’ektlari 834 yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi

 

        2024-yilda yangi tadbirkorlik sub’ektlari sonini 1 378 taga oshirish reja qilib olindi.

Joriy yil yanvar-may oylarida 188 ta kichik biznes sub’ektlari 391 yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi.

 

- 2024-yilda 4 010 dan ortiq fuqaroga 110,2 mlrd.so‘m imtiyozli kredit ajratilishi reja qilib olindi. (2023 yilda 3 305 nafar fuqaroga  79,6 mlrd.so‘m ajratildi)

 

Joriy yil yanvar-may oylarida 815 tadan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolarga 15,8 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

 

- 2024-yilda 800 nafar fuqarolarga 3,2 mlrd.so‘m subsidiyalar ajratish reja qilingan.

3 ta mahallada ya’ni Kattaming, Kumushent, Mullatog‘ay mahallalarida mikromarkazlar tashkil etildi.

1 216 nafar fuqarolar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitiladi.

        Joriy yil yanvar-may oylarida 242 nafar ishsiz fuqarolar kasb-hunarga o‘qitildi.

        Tumanda ishsizlik darajasi 5,3 % ni tashqil qilmoqda.

2023 yil yanvar-dekabr oylarida hizmat ko‘rsatish soxasida 560,3  mlrd.so‘mlik  hizmatlar  ko‘rsatilgan,  o‘tgan yili mos davriga nisbatan 108,1 % oshgan.

2024 yil yanvar-aprel oylarida 373  mlrd.so‘mlik  hizmatlar  ko‘rsatilgan,  o‘tgan yili mos davriga nisbatan 107,2 % ga oshgan.

 

2023 yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Investitsiya dasturi bo‘yicha:

2023 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan Hududiy investitsiya dasturi doirasida loyihalarning umumiy qiymati 381,2 mln. dollarlik
109 ta loyiha ishga tushirish natijasida 1468 kishi ish bilan ta’minlangan.

 

2024 yilda hududiy investitsiya dasturi doirasida loyihalarning umumiy qiymati 101,1 mln. dollarlik 127 ta loyiha ishga tushirish natijasida 1 283 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Joriy yil yanvar - may yakuni bilan hududiy investitsiya dasturi doirasida loyihalarning umumiy qiymati 5,2 mln dollarlik 22 ta loyiha ishga tushirish natijasida 200 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Misol uchun: "Mobitex Textile Factores" MCHJ tomonidan “Tayyor trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish” loyihasining umumiy qiymati 37,2 mlrd. so‘m (shundan, bank krediti 1,2 mln AQSh dollar)lik loyiha ishga tushirilib, jami
100 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

"Burqut Progress" MChJ tomonidan “Qop ishlab chiqarishni tashkil qilish” loyihasining umumiy qiymati 3,0 mlrd. so‘m (shundan, bank krediti 2,0 mlrd. so‘m)lik loyiha ishga tushirilib, jami 15 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

 

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar bo‘yicha:

2023 yilda tuman bo‘yicha 103 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xorijiy kreditlar o‘zlashtirish rejasi belgilangan bo‘lib.

Amalda yil yakuni bo‘yicha 292,9 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi. Rejaga nisbatan 284 % ga bajarildi.

 

2024 yilda tuman bo‘yicha 70 mln. dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xorijiy kreditlar o‘zlashtirish rejasi belgilangan.

Amalda yanvar - may xolati bo‘yicha 29,4 mln. dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Rejaga nisbatan 129,2 %ga bajarildi.

Eksport ko‘rsatkichlari bo‘yicha:

2023 yilda tuman bo‘yicha 21 695 ming AQSh dollari miqdorida eksport rejasi belgilangan.

 Amalda yil yakuni bo‘yicha 8 053 ming.AQSh doll miqdordagi mahsulotlar eksportga chiqarilib, belgilangan rejaga nisbatan 37,0 % ga bajarilgan.

2024 yilda tuman bo‘yicha 21 578 ming dollari miqdorida eksport rejasi belgilangan.

 Amalda (yanvar-may xolatiga) 2 692 ming. dollari miqdordagi mahsulotlar eksportga chiqarilib, belgilangan rejaga nisbatan 76,0 % ga bajarilgan.

Eksport ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar:

Tumanda joylashgan “Kumush Tola” xususiy korxonasi Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh)da o‘zining savdo uyini ochilishida ko‘maklashilishi natijasida, ushbu davlatga ipakdan tayyorlangan matolar, atlas va samalyot uchun yostiqchalar namunalari yuborildi.

Hozirda ushbu davlat kompaniyasi bilan 1,0 mln. dollarlik mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Shuningdek, tumanda quruq mevalarni qayta ishlash, qadoqlash va eksporti bilan shug‘ullanuvchi "Shodiyonabegim" MChJ rahbari Saparov Nodirbek Xitoyning "Henan Linqing Trade Co., Ltd" (Xitoy) korxonasi bilan 3,0 mln. dollarlik eksport shartnomasi imzoladi.

 

Qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

MA’LUMOT

Yo‘l bo‘yicha: 2023 yil mobaynida 39 ta mahallada jami 163,6 km yo‘llar ta’mirlanishi rejalashtirilib, shundan asfalt 45,7 km, shag‘al 117,9 kmni tashkil etadi. Ushbu yo‘llarni ta’mirlash uchun 30,2 mlrd. so‘m mablag‘ sarf etildi.

Bundan tashqari 7 ta mahallada 5,1 km piyodalar yo‘lagi qurildi.

Yil yakuniga qadar 39 ta mahallada jami 163,6 km yo‘llar ta’mirlanishi rejalashtirilib, shundan asfalt 45,7 km, shag‘al 117,9 kmni tashkil etadi. Ushbu yo‘llarni ta’mirlash uchun 30,2 mlrd. so‘m mablag‘ sarf etiladi.

 

2024 yil yanvar-may oylarida 19 ta mahallada jami 53,2 km yo‘llar ta’mirlanishi rejalashtirilib, shundan asfalt 7,4 km, shag‘al 45,8 kmni tashkil etadi. Ushbu yo‘llarni ta’mirlash uchun 10,9 mlrd. so‘m mablag‘ sarf etildi.

Bundan tashqari 1 ta mahallada 2,6 km piyodalar yo‘lagi qurildi.

 

Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha:

2023 yil mobaynida jami 34,2 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilib, 238,0 km ichimlik suv tarmoqlari tortilib, 23 dona ichimlik inshootlari qurib foydalanishga topshirilishi natijasida aholining markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasi 36,34 foizdan 49,1 foizga, ya’ni 36 ming nafar aholi ilk bor ichimlik suv bilan ta’minlandi.

2024 yil yanvar-may oylari mobaynida jami 2 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilib, 39,0 km ichimlik suv tarmoqlari tortilib, 1 dona ichimlik inshootlari qurib foydalanishga topshirilishi natijasida aholining markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasi 58,7 foizdan 59,9 foizga, ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi.

2023/2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha 2,0 km suv tarmog‘i tortildi, 3 dona nasos uskunalari almashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 25.12.2023 yildagi PQ-404-sonli qarori asosida Respublika byudjet mablag‘laridan 30 mlrd.so‘m ajratilib, Tuman markazida aholi uchun oqova suv tarmoqlarini qurish, 2024 yil dekabr oyiga qadar foydalanishga topshirish belgilangan.

 

 

Elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha: 2023 yil davomida Tuman hududidagi mavjud elektr tarmoqlarining 416,7 km qismi joriy, 212,7 km qismi mukammal ta’mirlandi. 243 dona trasnformator punktlari joriy va mukamml ta’mirlandi.

Elektr energiyasi sifati yaxshilash maqsadida 4 ta (Oqdaryoga 10000 kVa, Sug‘orishga 6300 kVa, Moybuloqga 2500 kVa, Fermaga 1500 kVa) podstansiyalariga qo‘shimcha podstansiyalar qo‘rildi.

Bundan tashqari yangitdan 28,59 km  elektr tarmog‘i tortilib, 830 dona temir beton tayanch ustunlari va 12 dona yangi transformator o‘rnatish uchun jami 1,751 mlrd so‘m mablag‘ evaziga bajarildi.

 

2024 yil yanvar-may oylarida Tuman hududidagi mavjud elektr tarmoqlarining 177,5 km qismi joriy, 84.1 km qismi mukammal ta’mirlandi. 158 dona trasnformator punktlari joriy va mukamml ta’mirlandi.

Elektr energiyasi sifati yaxshilash maqsadida 4 ta (Oqdaryoga 10000 kVa, Sug‘orishga 6300 kVa, Moybuloqga 2500 kVa, Fermaga 1500 kVa) podstansiyalariga qo‘shimcha podstansiyalar qo‘rildi.

Bundan tashqari yangitdan 28,59 km  elektr tarmog‘i tortilib, 830 dona temir beton tayanch ustunlari va 12 dona yangi transformator o‘rnatish uchun jami 1,751 mlrd so‘m mablag‘ evaziga bajarildi.

 

Tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha: 2023 yil davomida tumanning Polvontepa, Qushbegi, Madrasa hamda Chag‘atoy mahallalarining tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash uchun 1 897 metr yangitdan gaz quvuri tortildi. 3 dona yuqori bosimli gaz taqsimlash punktlarini mukammal ta’mirlandi hamda 672 dona o‘rta bosimli gaz taqsimlash punktlarida reviziya profilaktika ishlari olib borildi. Yer osti gaz quvurlarining 28,0 km qismi pribor usuli blan tekshirilib, gaz sizib chiqish holatlari bartaraf etildi. Yuqori va o‘rta bosimli gaz quvurlarining 43,5 km qismi bosim ostida zichlikka sinalib, havo bosimi yordamida tozalandi.

Tabiiy gaz ta’minotida bo‘lmagan aholi xonadonlari 336 dona yangi suyultirilgan gaz balloni bilan ta’minlandi.

 

2024 yil yanvar-may oylarida tumanning Navbaxor, Balandchordara, Melixuja, Qorakulcha hamda Yakkabog‘ mahallalarining tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash uchun 1.0 km gaz quvuri mukammal tamirlandi, va 10.3 km gaz quvirlari buyoqlandi. 3 dona yuqori bosimli gaz taqsimlash punktlarini mukammal ta’mirlandi hamda 420 dona o‘rta bosimli gaz taqsimlash punktlarida reviziya profilaktika ishlari olib borildi. Yer osti gaz quvurlarining 14.2 km qismi pribor usuli bilan tekshirilib, gaz sizib chiqish holatlari bartaraf etildi. Yuqori va o‘rta bosimli gaz quvurlarining 61 km qismi bosim ostida zichlikka sinalib, havo bosimi yordamida tozalandi. Kadan maxallasida D 159mm, D 76mm va D 69mm bulgan 1.0 km gaz quvirlari buyoqlash ishlari amalga oshirildi.

Tabiiy gaz ta’minotida bo‘lmagan aholi xonadonlari 832 dona yangi suyultirilgan gaz balloni bilan ta’minlandi.

 

Tuman telekommunikatsiya bog‘lanmasi bo‘yicha: 2023 yilda 69 ta mahalla axolisini internet tarmog‘i sifatini yaxshilash maqsadida jami 213,36 km aloqa tarmog‘i tortilishi 1,814 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga bajarildi.

Joriy yilning 11 oy mobaynida 3000 ga yaqin abonentlar internet tarmog‘iga ulanib, jami internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 8000 ga yetqazildi.

 

2024 yil yanvar-may oylarida 69 ta mahalla axolisini internet tarmog‘i sifatini yaxshilash maqsadida jami 202 km aloqa tarmog‘i tortilishi 828 mln. so‘m mablag‘ evaziga bajarildi.

Joriy yilning 5 oy mobaynida 1600 ga yaqin abonentlar internet tarmog‘iga ulanib, jami internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 10000 ga yetqazildi.

 

“Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida : 2023 yil mobaynida jami 1 346 980 dona ko‘chat daraxtlari ekilgan bo‘lib, shundan kuzgi mavsumda 532 980 dona manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ko‘chatlar ekilib, belgilangan reja 102,3% ga bajarildi.

Tuman hududidagi 8,0 ga yer maydoniga 8500 dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, “Yashil bog‘”lar tashkil etildi.

 

2024 yil bahor mavsumida jami 837 000 dona ko‘chat daraxtlari ekilgan bo‘lib, belgilangan reja 103,3% ga bajarildi.

Tuman hududidagi 1,2 ga yer maydoniga 4500 dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, “Yashil bog‘”lar tashkil etildi.

 

Open byudjet dasturi asosida

Open byudjet 1-bosqichda 13 ta loyiha tasdiqlangan bo‘lib, jami loyiha qiymati 16,49 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga bajarilmoqda.

 

Uy-joylar qurilishi to‘g‘risida

 

2024 yil yanvar-may oylarida tuman aholisini uy-joylar bilan ta’minlash uchun  Bog‘ot MFYda 3 ta 5 qavatli 90 ta xonadonli, M.Ulug‘bek MFYda 1 ta 5 qavatli 32 xonadonli uy joylar foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilmoqda, ushbu uy-joylarning umumiy qiymati 33,6 mlrd. so‘m evaziga qurilib foydalanishga topshiriladi.

 

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi PQ-404-sonli Qarori asosida 23b279 mlrd so‘m mablag‘ evaziga 8 dona umumta’lim maktabi, 9.1 mlrd so‘m mablag‘ evaziga  2 dona MTT binosi rekonstruksiya qilinmoqda.

 

Qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish

Aholi tomorqalariga ertagi ekinlarni ekilishi bo‘yicha                 1555 gektarga kartoshka, 328 gektarga dukkakli, 3 382 gektar sabzavot (shundan, 451 gektar piyoz, 416 gektar sabzi) 249 gektar poliz, 319 gektar boshqa, ekinlari ekiladi.

Aholi tomorqalarda suv ta’minotini yaxshilash.

2024 yilda birinchi yarim yillikga 8 ta maxallalarda 12 dona tik artezan quduqlari qazilib, 360 ta xonadonlarning 55 gektar tomorqa yer maydonlari suv bilan ta’minlanishi yaxshilandi.

2024 yilda ikkichi yarim yillikga 6 ta maxallalarda 15 dona tik artezian quduqlari qazilib, 450 ta xonadonlarning 75,8 gektar tomorqa yer maydonlari suv bilan ta’minlanadi yaxshilanadi.

Tomorqadan maxsulot yetishtirishni ko‘paytirish maqsadida O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomrqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan tumandagi 15 ta mahalla hokim yordamchilariga 1 700 mln.so‘m qo‘ydagi yunalishla bo‘yicha asalarichilik, parrandachilik, artizean quduq, motakultivator, biogumus yetishtiri, issiqxon uchun kreditlar ajratildi.

Irrigatsiya tizimida amalga oshirilgan ishlar:

2023 yilda: Jami 589 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar ishga tushirildi. Jumladan, tomchilatib sug‘orish 322 gektarda, yomg‘irlatib sug‘orish 125 gektar va pulsar sug‘orish 142 gektarni tashkil etadi.

Ushbu yilda 25 km kanallar va 1 024 km ariqlar loyqadan tozalandi. 42 dona gidrotexnik inshootlar va 37 ta gidropostlarda ta’mirlash ishlari olib borildi.

2024 yil rejalari: jami 1 550 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish, jumladan, 1 000 gektar paxta, 200 gektar bog‘, 300 gektar tokzorlar va 50 gektar boshqa ekinlar, 1 000 gektar g‘alla maydonlarida yomg‘irlatib sug‘orishni tashkil etish rejalashtirilgan.

Joriy yilda Muhtaram yurtboshimizning topshiriqlariga asosan 211 km  ichki ariqlar betonlashtiriladi.

7 km masofada kanallar rekonstruksiya va 1,8 km masofada ichki ariqlar davlat mablag‘lari hisobidan betonlashtiriladi.

24,1 km kanallar va 828,3 km ariqlar loyqadan tozalanadi. 45 dona gidrotexnik inshootlar va 31 ta gidropostlarda ta’mirlash ishlari bajariladi.

                                                 Ijtimoiy soha

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 294 000 nafardan ortiq axoliga 340 o‘rinli markaziy shifoxona, 250 qatnovga mo‘ljallangan Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika , 4 ta 100 qatnovga ega oilaviy poliklinika , 9 ta oilaviy shifokorlik punktlari xamda ularning tarkibidagi 20 ta MTPlar tibbiy xodimlari  xalqimizga tibbiyot xodimlari tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

Hozirgi kunda tuman markaziy shifoxonasi tarkibida 5 ta hamda markazdan olisda 16 ta tez tibbiy yordam avtomashinalari va dispecherlik xizmati kechayu-kunduz faoliyat olib bormoqda.

2023 yilda Moybuloq OPga qarashli Yonboshsoy MFY hududidan Yonboshsoy OShP binosi 550 mln so‘m mablag‘ga qurib foydalanishga topshirildi.

Xalq murojaatlaridan kelib chiqib Tuman hokimligi tashabbusi bilan Kadan MFY xududidan tez tibbiy yordam binosi 1 mlrd 200 million so‘mga “tashabbusli byudjet” dasturi asosida yangidan qurilib foydalanishga topshirildi.

SSV ning tegishli buyrug‘i asosida yanvar-fevral va mart oylarida tumanda istiqomat qiluvchi 294 000 nafar aholining 94% tibbiy xatlovdan utkazilib xatlov natijalari buyicha fuqarolar 4 ta salomatlik guruhlariga ajratildi.3 va 4 xavf guruhiga kiruvchi 55 mingdan ortiq bemorlarni davolanish rejalari tuzildi.

2024 yilning mart oyida tumanda istiqomat qiluvchi 45-65 yoshdagi kukrak bezi saratoni kasalligiga moyilligi bulgan 3254 nafar  xotin-qizlar respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya markazi Samarqand filialining kuchma mammograf apparati yordamida chuqurlashtirilgan tibbiy kurikdan utkazildi.Kurik natijasida 98 nafar ayollarda kukrak bezi saratoni kasalligiga shubha qilinib ushbu bemorlar qayta tekshiruvdan maqsadida viloyat shifoxonalariga yuborilmoqda.

Belorussiya davlatining Vitebsk viloyati Orsha birlashgan shifoxonasi bilan tuzilgan kelishuv asosida tibbiy tajriba almashish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasining 15 nafar mutaxasisslari 3-11 iyun kunlari Belorussiya davlatida bo‘lib sohadagi yangiliklar bilan tuliq tanishib keldi.Ushbu tajriba almashish davrida shifoxonalar bosh vrachlari  hamda tibbiyot universitetlari rektorlari urtasida vrachlarni malaka oshirishlari hamda bitiruvchi yoshlarni tibbiyot muassasalariga jalb qilish buyicha shartnomalar imzolandi.

Yil yakuniga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar:

1.Qoradaryo va Gulobod maxallalarida yangitdan OShP binolarini qurish.

2. Markaziy shifoxonaning qabul bulimiga MRT apparati urnatish.

3. Markazlashgan kislorod stansiyalarini qurish.

4. Ma’muriyat binosi qurilishini yakuniga yetkazish.

5. Bulimlarda pullik servis xonalarini tashkil etish.

6. 4 ta OShP binosiga quyosh batareyasi urnatish.

7. Guliston,Qirg‘iz OShP binolarini qayta qurishga erishish.

Maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Maktabgacha ta’limga qamrab olish bo‘yicha 2024 yilning joriy holatiga 3-7-yoshlilar soni jami 26 233 nafar tarbiyalanuvchilardan 15476 nafar tarbiyalanuvchilar 233 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanmoqdalar.

Shundan, 67 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 10 211 nafar tarbiyalanuvchi, 1 ta nodavlat (xususiy) maktabgacha ta’lim tashkilotida 60 nafar tarbiyalanuvchi, 13 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida 1 146 nafar tarbiyalanuvchilar hamda 152 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotilarida 4 059 nafar tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta’limga qamrab olingan.

Bugunigi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrov darajasi             58,9 foizni tashkil etmoqda.

Joriy yilda Investitsiya dasturi bo‘yicha 12 va 37 davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun yangidan 180 o‘rinli bino qurilishiga jami 6 mlrd 300,0 mln so‘m mablag‘ sarflanib, 12 davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (3 mlrd 150,0 mln so‘mlik) 90 o‘rinli, 37 davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (3 mlrd 150,0 mln so‘mlik) 90 o‘rinli binolar foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, “Tashabbusli byudjet” dasturi bo‘yicha 2 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari “Alijon” va “Yangiobod” mahallalarida yangi 120 o‘rinli bino qurish uchun jami 2,4 mlrd so‘mlik mablag‘ ajratilib, hozirgi vaqtda ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish va pardozlash ishlari davom etmoqda. 2024 yil mavsumda “Valijon” mahallasida 1,3 mlrd so‘mlik 60 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi rejalashtirilgan.

 

Hujjatlar


  • Hujjatlar yo'q

Teglar