insurez

2025 yilning yanvar-oktabr oylari davomida Kattaqo‘rg‘on tumanini Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT Aholini kambag‘allikdan chiqarish 2025 yil davomida 2 703 ta oila (12 385 nafar oila a’zolari) kambag‘allikdan chiqarishning maqsadli ko‘rsatk

2025 yilning yanvar-oktabr oylari davomida Kattaqo‘rg‘on tumanini Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT

Aholini kambag‘allikdan chiqarish

 2025 yil davomida 2 703 ta oila (12 385 nafar oila a’zolari) kambag‘allikdan chiqarishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Tasdiqlangan dasturni mahallalar va yo‘nalishlar kesimida parametrlari ishlab chiqildi;

Shundan, 345 ta oilaga 69 nafar rahbarlar biriktirilgan.

Yanvar-oktabr oylari davomida 2 406 ta (11 1100 naqar a’zosi) kambag‘al oilani kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, haqiqatda 3 553 ta (15 920 nafar a’zosi) oila (148 %) xizmatlar bilan qamrab olinib, ularga 5 206 ta xizmatlar ko‘rsatildi.

Jumladan: 1 660 nafar kambag‘al oila a’zolari doimiy ishga joylashtirildi, 426 ta dastur doirasida kredit ajratildi, 2 729 ta fuqarolar tadbirkorlikka jalb qilindi, 121 ta oilaga Ssuda va subsidiyalar ajratildi, 270 nafar fuqarolarga kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish xizmatlari ko‘rsatildi.

Natijada 2025 yil 01 noyabr holatiga 3 198 ta oilalar kambag‘allik reyechtridan chiqarildi.

2025 yil yanvar-oktabr oylari davomida ajratilgan
 kreditlar to‘g‘risida

Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning yanvar-oktabr oylari davomida dasturlar doirasida
2 083 ta jismoniy va yuridik shaxslarga 54,2 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

Jumladan:

PQ-7 va Maxalla loyixasi dasturlari doirasida 752 tajismoniy shaxsga – 19,2 mlrd.so‘m;

-PQ-312-son Biznesni rivojlantirish banki instrumentlari orqali 104 ta 11,7 mlrd so‘majratildi.

-PQ-39-son Oilaviy tadbirkorlikdasturlari doirasida 1 227 ta jismoniy shaxslarga 23,3 mlrd.so‘m;

 Ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil
17-yanvardagi “2025-yilda  aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi PQ-12-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda 23,6 ming nafar ish o‘rinlari tashkil etish va aholini daromadli mehnat bilan band qilish rejasi belgilangan.

Joriy yilning Yanvar-sentabr oylarida 16 564 nafar aholini band qilish rejalashtirilgan bo‘lib, haqiqatda 21 113 nafar aholi bandligi ta’minlandi yoki rejaga nisbatan 127 % ga bajarildi.

Tuman mahalliy budjet daromadlar to‘g‘risida. 

2025 yil  uchun tuman mahalliy budjet daromadlar rejasi 168,2 mlrd so‘m belgilangan bo‘lib, reja 183,2 mlrd.so‘mlik (108,5 %), yoki
15,0 mlrd.so‘m ortig‘i bilan bajarilishi bo‘yicha barcha imkoniyatlar ishga solinib, ijrosini ta’minlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 10 oylik tuman mahalliy budjet daromadlar rejasi 136,2 mlrd.so‘m bo‘lib, reja 152,7 mlrd.so‘mga (112,1 %), yoki 16,5 mlrd.so‘m ortig‘i bilan bajarildi. Jumladan;

1 chorak uchun 34,8 mlrd.so‘m reja belgilanib, haqiqatda
35,7 mlrd.so‘mga (102,5 %), yoki 889,8 mln.so‘mga ortig‘i bilan bajarildi.

2 chorak uchun 43,7 mlrd.so‘m reja belgilanib, haqiqatda
46,6 mlrd.so‘mga (107,0 %), yoki 2,9 mlrd.so‘mga ortig‘i bilan bajarildi.

3-chorak uchun 42,6 mlrd.so‘m reja belgilanib, haqiqatda
46,9 mlrd.so‘mga (110 %), yoki 4,3 mlrd.so‘mga ortig‘i bilan bajarildi.

Oktabr oyi uchun 18,6 mlrd.so‘m reja belgilanib, haqiqatda
23,5 mlrd.so‘mga (126,3 %), yoki 4,8 mlrd.so‘mga ortig‘i bilan bajarildi.

“Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish to‘g‘risida ma’lumot

“Bir kontur – bir mahsulot” tamoyilini joriy etish, mahsulotlarni ichki bozorga yetkazib berish va mahallalarning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha aniq hisob-kitoblarni, dehqon xo‘jaliklari yer maydonlariga ekiladigan ekinlarni joylashtirish (razmesheniya) bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini belgilab olindi va bu bo‘yicha  amaliy ishlar olib borilmoqda.

Hisob kitoblarga asosan ijara asosida ekin yeri berilgan
5 166 nafar fuqarolar tomonidan 1 917  gektar ijara yer maydonlari mavjud.

Ushbu maydonlarga kooperativ usulida mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va eksportga yo‘naltirish uchun 15 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi yirik lider tadbirkorlar biriktirildi.

Ushbu yerlarning 100 foizida ekin ekish ishlari amalga oshirildi.

- 89 gektarga sabzavot;

- 29 gektarga poliz ekinlar;

- 514 gektarga dukkakli ekinlar;

-689 gektarga ozuka ekinlar;

- 596 gektarga serdaromadlik boshqa ekin turlari ekildi.

Misol uchun Tumandagi “Qushhovuz” mahallasida "Sardor beshchinor savdo" MCHJ tomonidan “bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida 82 nafar fuqaro bilan ijara shartnomasi asosida 62 gektar yer maydoniga piyoz hamda 20 nafar fuqaro bilan ijara shartnomasi asosida 10 gektar yer maydoniga tarvuz mahsuloti ekildi.

Misol uchun Tumandagi “O‘yshun” mahallasida "Fayz Bashirbek" MCHJ tomonidan “bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida 33 nafar fuqaro bilan ijara shartnomasi asosida 7 gektar yer maydoniga sabzi va karam mahsuloti ekildi.

Tadbirkor urug‘, mineral o‘g‘itlar va boshqa xizmatlarni amalga oshiradi, yetishtirilgan mahsulotni shartnomaga asosan o‘zi bozor narxlarida sotib oladi

 “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida 109 gektar yer maydonida qiymati 3,9 mlrd.so‘mlik (o‘z mablag‘i hisobidan 3,7 mlrd.so‘m, bank krediti hisobidan 200,0 mln so‘m) 11 ta loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 6 ta agregatorlar biriktirilib, ulardagi kooperativlar soni 277 tani tashkil qiladi.
 1 ekin uchun 2 790 tonna umumiy qiymati 19,5 mlrd so‘mlik hosil yetishtirilishi kutilmoqda. Bir yer ijarachiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha foyda 70,5 mln.so‘mni tashkil etadi.

Urug‘ va ko‘chatlar 6 ta agregatorlar tomonidan dehqon xo‘jaliklariga yetkazilmoqda.

Bugungi kunda 11 ta loyiha ishga tushirildi, 10 gektar qulupnay ekildi.

Misol uchun, “Agro klubnika”ICHK (rahbari: Nurquvvatov Asomiddin) hamda Xalq banki hamkorligida Kattaqo‘rg‘on tumani “Valijon” mahallasida “bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida qiymati 240,0 mln so‘mlik loyiha amalga oshirilib 10 gektar yer maydoniga Vektoriya navli Qulupnay mahsuloti ekildi.

Misol uchun, “Doniyor agro klubnika”ICHK (rahbari: Boboyev Doston) hamda Agro bank hamkorligida Kattaqo‘rg‘on tumani “Mo‘minxo‘ja” mahallasida “bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida qiymati 180,0 mln so‘mlik loyiha amalga oshirilib 8 gektar yer maydoniga Vektoriya navli Qulupnay mahsuloti ekildi.

- “Sayxunobod” tajribasi asosida har bir mahallada kamida
40 tadan jami 2 760 ta mikroloyihalarni amalga oshirish va bu orqali
5 520 nafar aholi bandligi ta’minlash belgilangan. Shundan yanvar-sentabr rejasi 2082 ta amalda 2217 ta mikroloyihalar ishga tushirilib, umumiy qiymati 127,0 mlrd.so‘mlik loyihalar amalga oshirildi yoki 106,0 foizga bajarilib, buning natijasida 4434 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

-“G‘ijduvon tajribasi” asosida 2025 yil davomida 7 ta mahalladagi qiymati 23,3 mlrd.so‘mlik shundan: 23,1 mlrd.so‘m o‘z mablag‘i, 0,2 mlrd.so‘m bank krediti hisobidan 7 ta “tepaga o‘sadigan” (vertikal) mikrosanoat binolarini barpo etish orqali 79 ta fuqarolarni bandligini  shu jumladan 10 nafar kam ta’minlangan oila a’zolari bandligini ta’minlash maqsadida manzilli ro‘yxatlari tasdiqlab olingan. Yanvar-oktabr oylari davomida 7 ta loyiha amalga oshirilishi hamda 79 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan, haqiqatda 7 ta loyiha amalga oshirilib, 80 ta ish o‘rni yaratildi.

- "Zarbdor" tajribasi bo‘yicha 2025 yil davomida tumanda 6 ta drayver loyihalar shundan, 4 ta xizmat, 2 ta sanoat sohalarida umumiy qiymati 143,0 mlrd.so‘mlik Shundan; Budjet mablag‘lari 12,0 mlrd.so‘m, tashabbuskor mablag‘lari 131,0 mlrd.so‘mlik “drayver” loyihalarni amalga oshirish hisobiga 500 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. 

Ushbu loyihalardan yanvar-oktabr oylarida belgilangan Respublika budjeti mablag‘lari o‘zlashtirilib, 2 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida, 350 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Qayta tiklanuvchi elektr manbalari

Tumanimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejovchi texnologiyalarni tashkil etish 2025-yilda 457 ta obyektlarga
3 480 kVt quyosh panellari o‘rnatilishi reja qilib olingan.

Joriy yil yanvar-oktabr oylarida 191 ta obyektlarga jami 3 578 kVt quyosh panellari o‘rnatildi yoki rejaga nisbatan 102,8 % ga bajarildi.

jumaladan;

- 105 ta aholi xonadonlariga 1 084 kVt,

- 35 ta ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralariga 335,8 kVt,

- 51 ta tadbirkorlik subyektlariga 2 158,2 kVt quyosh panellari o‘rnatildi.

Investitsiya (xorijiy investitsiya)

Yanvar-oktabr oylarida 56,1 mln.dollarlik xorijiy investitsiya  lar o‘zlashtirish reja qilingan bo‘lib, amalda
56,3 mln.dollar investitsiyalar o‘zlashtirildi 100 % ga, o‘sish so‘rati 2024 yilga nisbatan 140 %ga bajarildi.

Misol uchun: Tumandagi Kumushkent MFY da “CES” MCHJ XKning “Sement ishlab chiqarishda vujudga keladigan issiqlikdan o‘z ehtiyoji uchun elektr energiyasini ishlab chiqarish” loyihasi doirasida
28,4 mln.dollarlik ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, qo‘shimcha loyiha "Boyraz Tekstil" MCHJ XKning “Tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish” loyihasi doirasida
430 ming dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Hududiy investitsiya loyihalari bo‘yicha

2025 yilda hududiy investitsiya dasturi doirasida qiymati
87,0 mln.AQSH dollar bo‘lgan 61 ta loyihalar ishga tushirilishi  natijasida 847 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Jumladan;

- sanoat sohasida qiymati 72,9 mln.dollarlik 9 ta loyihalarda
 583 ta yangi ish o‘rinlari;

- xizmat ko‘rsatish  sohasida qiymati 12,1 mln.dollarlik 50 ta loyihalarda 239 ta yangi ish o‘rinlari,

- qishloq xo‘jaligi  sohasida qiymati 1,9 mln.dollarlik  2 ta loyihalarda 30 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Yanvar-oktabr oylarida qiymati 181,0 mlrd.so‘m bo‘lgan 73 ta loyihalar ishga tushirilishi natijasida 596 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Misol uchun; "Turk Agro" MCHJ XKing qiymati 9,9 mlrd.so‘m bo‘lgan “Tozalangan moy kislotasi ishlab chiqarish sexi tashkil etish” loyihasi ishga tushirilishi natijasida 15 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Eksport ko‘rsatgichlari bo‘yicha

         2025 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-407-son qarori bilan Eksport prognoz ko‘rsatkichi 14,4 mln.dollar. shundan :

Sanoatga 8,0 mln.dollar, qishloq xo‘jaligida 6,4 mln.dollarlik, (2024 yilning mos davriga nisbatan 11,6 mln dollarga yoki 124 %ga ko‘p) mahsulotlar eksportga yo‘naltiriladi.

         Qo‘shimcha reja bilan 16,2 mln.dollar shundan sanoatga
8,1 mln.dollar, qishloq xo‘jaligida 8,1 mln.dollar

         Yanvar-oktabr oylarida reja 13,5 mln. dollar shundan sanoatga 6,8 mln.dollar, qishloq xo‘jaligida 6,7 mln.dollar

         Amalda 16,7 mln.dollar mahsulotlari eksport qilindi
(sanoat 12,6 mln.doll, qishloq xo‘jaligi 4,1 mln.dollar).

         O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,7 mln.dollar ko‘p mahsulotlar eksportga yo‘naltirilib o‘sish 210 % ga bajarildi.

         Misol uchun: Sanoat bo‘yicha, Tumandagi melixo‘ja mahallasida joylashgan "Blessing Partner" MCHJ tomonidan 3,6 mln.dollarlik  “mis, alyuminiy hamda lato‘n” Xitoy davlatiga eksport qilindi.           

         Misol uchun: Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha, Tumandagi Qoqsoy mahallasida joylashgan "Qoqsoy Savdo Baraka" MCHJ tomonidan
350 ming dollarlik  “Quruq-meva mahsulotlari” Rossiya va Turkiya davlatlariga eksport qilindi.

Yanvar-oktabr oylarida 2 ta yangi korxonalar eksportga jalb qilib, ular tomonidan 3,95 mln.dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.

         Qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solgan holda, joriy yil davomida eksport hajmini 18,0 mln. dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

         Jumladan, mahsulotlar kesimida quyidagicha: meva-sabzavot mahsulotlari 8,0 mln.dollar, to‘qimachilik mahsulotlari 1,5 mln.dollar, qurilish materiallari  mahsulotlari 5,5 mln.dollar, rangli metall maxsulotlari 2,5 mln.dollar va 0,5 mln. dollarlik boshqa turdagi sanoat mahsulotlari eksportga yo‘naltiriladi.

Qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

2025 yil yanvar-oktabr oylarida 41 ta mahallada jami 201,1 km yo‘llar ta’mirlandi shundan asfalt 107,6 km, shag‘al 93,5 km ni tashkil etadi.

Bundan tashqari 49 ta mahallada 66,2 km piyodalar yo‘lagi mahalliy budjet va homiylik mablag‘lari hisobidan qurildi.

Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha

2025 yil yanvar-oktabr oylari mobaynida jami 18,6 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilib, 12,0 km ichimlik suvi tarmoqlari tortilib, 2 dona ichimlik inshootlari qurib foydalanishga topshirilishi natijasida aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 61,8 foizdan 64,1 foizga yaxshilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.12.2023 yildagi
PQ-404-sonli qarori asosida Respublika budjet mablag‘laridan
30 mlrd.so‘m ajratilib, tuman markazida aholi uchun oqova suv tarmoqlari qurilib foydalanishga topshirildi.

Elektr ta’minoti bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ–330-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2025 yilda Kattaqo‘rg‘on tumanida jami
7 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida elektr energiyasi infratuzilmasini yaxshilash ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, jami 1333 dona temir-beton ustun, 50,7 km elektr uzatish tarmog‘i va 23 ta transformator punktlarini o‘rnatish belgilangan.

Shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar natijasida 1 303 dona (97,7%) temir-beton ustun, 47,5 km (93,7%) elektr uzatish tarmog‘i qurilib, 21 ta (91,3%) transformator punktlari o‘rnatildi.

Jumladan:

Jizmonsoy mahallasida 205 ta ustundan 160 tasi, 8,25 km tarmoqdan 7,75 km qurilib, 6 ta transformator to‘liq o‘rnatilgan.

Burgansoy mahallasida belgilangan ishlar to‘liq (100%) bajarilgan.

Bunyodkor mahallasida 279 ta ustun to‘liq o‘rnatilgan, 10,72 km tarmoqdan 9,0 km qurilgan, 3 ta transformatordan 2 tasi o‘rnatilgan.

Yovi mahallasida 4,2 km tarmoqdan 4,2 km bajarilib, belgilangan ishlar deyarli yakunlangan.

Yangiobod mahallasida 205 ta o‘rniga 220 ta ustun o‘rnatilib, rejadan ortiq bajarilgan.

Qo‘shxovuz va Kumushkent mahallalarida ishlar to‘liq yakunlangan.

Tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha

2025 yil yanvar-oktabr oylarida tumanning Chig‘atoy, Tarnov mahallalarida aholi xonadonlarini gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida mahallani kirish qismiga zamonaviy elektron gaz hisoblagich o‘rnatilib
470 ta aholi xonadonlari 3 bosqichli tizimdan 2 bosqichli tizimga o‘tkazildi 11,5 km gaz tarmoqlari istetik jihatdan to‘g‘irlanib buyoqlash ishlari amalga oshirildi.

Tumanning Navbahor, Kumushkent mahallalarida ham 910 ta aholi xonadonlari 3 bosqichli tizimdan 2 bosqichli tizimga o‘tkazildi.

Tumandagi Qorakulcha, Qushbegi, Polvontepa mahallalarini tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 219 mm yuqori bosimli 40 p/m yer usti gaz quvuri almashtirildi.

 Qushbegi mahallasida yer ostidagi diametri 76 mm bo‘lgan yaroqsiz holga kelganligi sababli aholi hisobidan uzunligi 400 p/m yangi  dm 76 mm bo‘lgan yangi gaz quvuri tortilib buyoqlash ishlari amalga oshirildi.

 Tumanda Yakkabog‘, Nayman, Jumaboy MFY laridagi yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmalari yangi zamonaviy avtomatlashtirilgan gaz taqsimlash qurilmalariga almashtirildi.

Madrasa mahallasida yashovchi 210 ta aholi xonadonlarini tabiiy gaz bosimini yaxshilash maqsadida uzunligi 1,0 km gaz quvuri mukammal ta’mirlanmoqda.

Tumanda jami 3 dona yuqori bosimli taksimlash qurilma (GRP)larni  mukammal ta’mirlandi, 426 dona gaz taksimlash qurilma (GRP)lar reviziya qilindi, 54 km gaz quvurlarini havo bosimi ostida zichlikka sinash va havo bosimi yordamida tozalandi. 63 km yer osti gaz quvurlarining holatini  pribor usuli bilan tekshirildi. 6,2 km gaz har xil diametrdagi  quvurlari buyoqlandi. Tuman axolisiga suyultirilgan gaz yetkazib berish buyicha olib borilgan ishlar tug‘risida.

 “Kattakurgontumangaz”gaz ta’minoti bulimi 2025 yilning 8 oy davomida tumandagi suyultirilgan gazga moslashtirilgan axoli xonadonlariga jami 3 745,0 tonna suyultirilgan gaz  yetkazib berildi. Tumanda gazlashmagan hamda maishiy gaz balon olmagan aholi xonadonlariga hujjatlar asosida yangi 283  dona maishiy gaz balonlar yetkazib berildi.

Suyultirilgan gaz ta’minoti to‘lovi tizimi onlayn o‘tishi munosabati bilan aholi iste’molchilariga jami ID kartalar 36 996 dona, shundan 2025 yilda 238 dona ID kartalar aholiga hujjatlashtirib berildi.

Suyultirilgan gaz balonlarni aholi xonadonlariga betalofat yetkazib berish maqsadida 2025 yil  davomida jami 813 dona gaz balonlar qayta texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Suyultirilgan gaz ta’minotida bo‘lgan 2025 yildan boshlab   tasdiqlangan grafik asosida 40 - 45 kun oralig‘ida yetkazib berilmoqda.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida

 2025 yil bahor mavsumida jami 810 000 dona ko‘chat daraxtlari ekilgan bo‘lib, belgilangan reja 108,9% ga bajarildi.

“Qoqsoy” MFY hududida “Mening bog‘im” dasturi asosida 4 ga yer maydoniga 4 200 dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib,
 “Yashil bog‘”lar tashkil etildi.

Open budjet dasturi asosida

Open budjet 1-bosqichda 16 ta loyiha tasdiqlangan bo‘lib, jami loyiha qiymati 23, 8 mlrd.so‘m mablag‘ evaziga qurilish ishlari bajarildi.

 2-bosqichda 15 ta loyiha tasdiqlangan bo‘lib, jami loyiha qiymati 22, 7 mlrd.so‘m mablag‘ evaziga bajarilmoqda.

Uy-joylar qurilishi to‘g‘risida

2025 yil yanvar-oktabr oylarida tuman aholisini uy-joylar bilan ta’minlash uchun Kadan MFYda 2 ta 5 qavatli 50 ta xonadonli, M.Ulug‘bek MFYda 2 ta 5 qavatli 50 va 30 xonadonli uy joylar qurilib 2 tasi foydalanishga topshirilildi qolgan 2 tasi yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil
25 dekabrdagi PQ-454-sonli Qarori asosida 8,2 mlrd.so‘m mablag‘ evaziga
2 ta umumta’lim maktabi, 3,6 mlrd.so‘m mablag‘ evaziga 1 ta MTT binosi rekonstruksiya qilindi.

Shuningdek, tumanda 300 o‘rinli “Muruvvat” internat uyi binosi
 51,0 mlrd.so‘m mablag‘ hisobiga qurilish ishlari davom etmoqda.

Qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish

2025 yilda boshoqli don yetishtirish bo‘yicha tumanda 227 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 8 926 gektar maydonga g‘alla ekilib, 69 ming
858 tonna hosil yetishtirilib, reja 126,6 % ga ortig‘i bilan bajarildi. O‘rtacha har bir gektar yerdan 82,5 s/ga hosil olindi.

Tumanda joriy yil 7 233 quti pilladan 434 tonna hosil olish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 435,4 tonna pilla hosili olindi.

Shuningdek, tuman hududida 227 ta fermer xo‘jaligi tomonidan jami 10140 gektar maydonda paxta yetishtirildi. Ushbu xo‘jaliklar tomonidan
46 130 tonna paxta yig‘ib-terib olinib, belgilangan reja 104,1 foizga ortig‘i bilan bajarildi.

2025 yil rejalari: yil boshida jami 3 620 gektar maydonda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilgan bo‘lib  Shundan tomchilatib sug‘orish 1 460 gektar, yomg‘irlatib sug‘orish 350 gektar, diskret sug‘orish 350 gektar, yerlarni lazerli uskuna yordamida tekislash
930 gektar hamda egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish 500 gektarni tashkil etadi.

 O‘tgan 9 oy davomida jami 2 900 gektar (rejaga nisbatan 160 foizni tashkil etadi) maydon suv tejovchi texnologiyalar yordamida sug‘orildi.

 Jumladan,

- 1101 gektar maydon tomchilatib, 100 gektar maydon yomg‘irlatib,
360 gektar maydon diskret, 400 gektar maydon egiluvchan quvur va plyonka to‘shab sug‘orish orqali sug‘orilgan bo‘lsa, yana 1 430 gektar maydonlarda yerlarni lazerli uskuna yordamida tekislash orqali suvni iqtisod qilishga erishildi.

Joriy yilda 210 km ichki ariqlar betonlashtirish rejalashtirilib, amalda 190 km ichki sug‘orish tarmoqlari betonlashtirildi.

30,1 km kanallar va 828,3 km ariqlar loyqadan tozalandi. 51 dona gidrotexnik inshootlar va 64 ta gidropostlarda ta’mirlash ishlari bajarildi.

Yil yakunigacha tumandagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari hisobida bo‘lgan ichki ariqlarning 181 km qismi betonlashtiriladi, 800 km qismi qo‘l kuchida 25 km qismi mexanizmlar yordamida loyqadan tozalanadi.

 Suv xo‘jaligi tashkilotlari hisobidagi “Yangiravot”, “Mulltog‘ay”, “Valijon”, “Jonkel”, “Mullko‘rpa”, “Kadan” va “Tavaron” MFY larda  mavjud gidrotexnik inshootlar va gidropostlarda ta’mirlash ishlari to‘liq bajarildi.

Ijtimoiy soha

Yoshlarga oid asosiy ko‘rsatkichlar.

“Yoshlar balansi” asosida 78 480 nafar yoshlarning (14-30 yosh)
53 145 nafari (67.7 foizi) “yashil”, 24 573 nafari (31.3 foizi) “sariq”, ularning 1 037 nafarini (1,3 foizini) “og‘ir” toifadagi yigit-qizlar tashkil etadi.

Besh tashabbus olimpiadasi doirasida Yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish sportga jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlar

Besh tashabbus olimpiadasi doirasidagi musobaqalarda ishtirok etish uchun 80 220 nafar yoshlar “5 tashabbus.uz” sayti orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-62 son Qaroriga muvofiq tumandagi yoshlarga kridetlarning ajratilishi

Kattaqo‘rg‘on tumanida yoshlarga tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar ajratish masalasi o‘rganilganda xozirgi kungacha kredit so‘rab murojaat qilgan 106 nafar yoshlarning ro‘yxati shakllantirilganligi aniqlandi. Kredit so‘rab murojaat qilgan yoshlarning 24 nafariga 1 mlrd 627 mln. so‘m kredit mablag‘lari ajratib berilgan va 33 nafar ishsiz yoshlarning bandligi ta’minlangan.

Ishsiz yoshlarni tashkilot rahbarlariga biriktirish hamda jinoyat sodir etishga moyil yoshlarni huquq-targ‘ibot organlariga otaliqqa berish masalalari

Davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj “og‘ir” toifaga ajratib olingan yoshlar bilash ishlash holati tahlil qilindi. O‘rganish davomida “og‘ir” toifa (ishsiz yoshlar) va otaliqqa olib ishlash bo‘yicha shtablarining faoliyati bilan tanishilganda tuman shtabiga  davlat tashkilotlaridan biriktirilgan a’zolarning buyruqlari mavjud.

Tumanda jami 69 ta mahallada istiqomat qiluvchi 277 nafar otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash uchun 4 ta huquq-tartibot organlarining 25 nafar mas’ul xodimlari biriktirilgan.

Tuman adliya bo‘limi (38 nafar), tuman prokuraturasiga (36 nafar) tuman favqulotda vaziyatlar bo‘limi (50 nafar) hamda tuman ichki ishlar (153 nafar) xodimlari tomonidan otaliqqa biriktirilgan yoshlarning barchasi bilan uchrashilgan.

Hududda huquq-tartibot idoralarining mas’ullar tomonidan hozirgacha 100 foiz (277 nafar) yoshlar sog‘lomlashtirilgan,

Kattaqo‘rg‘on tumanida ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan.

Kattaqo‘rg‘on tumanida 760 nafar “og‘ir” (ishsiz) toifadagi yoshlar bo‘lib, ular tuman tashkilot rahbarlarga (30 ta) va viloyat darajasidagi rahbarlarga (4 nafar) biriktirilgan.

Tibbiyot soxasida

Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi bugungi kunda 301 ming nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Birlashmaning tashkiliy tuzilmasi 350 o‘rinli budjet va 35 o‘rinli to‘lovli xizmat ko‘rsatish bo‘limlaridan tashkil topgan.

Tuman markaziy s’hifoxonasi tarkibida 65 o‘rinli bolalar bo‘limi,

90 o‘rinli terapiya bo‘limi, 115 o‘rinli tug‘ruq majmuasi, 30 o‘rinli yuqumli kasalliklar bo‘limi, 50 o‘rinli rejali jarrohlik bo‘limi, 12 o‘rinli kattalar va bolalar reanimatsiyasi, 35 o‘rinli reabilitatsiya bo‘limi (pullik xizmat), shuningdek, aholiga 450 qatnovli markaziy poliklinika, 400 qatnovli 4 ta oilaviy poliklinika, 9 ta oilaviy shifokor punktlari (jami 450 qatnov) oralig‘ida tibbiy xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan rejali ravishda ishlar ammalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda kasallikni oldini olish va erta aniqlash maqsadida 1-3 yosh bolalarni gematalogik skring va 3-18 yosh bolalarni onkogematologik skring o‘tqazilmoqda.

2025 yil 1-oktabr xolatiga 81-foiz skring tekshiruvlaridan o‘tqazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5-sentabrdagi “Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-311-son qarori ijrosini ta’minlash buyicha aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy qilish, tekshirish natijalari, bemor ma’lumotlarni almashinish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish yuzasidan D-MED tizimi yo‘lga quyildi.

2025-yilning 9 oyi davomida maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Kattaqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufida 108 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 69 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 16 ta davlat xususiy sherikchiligi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 1 ta xususiy nodavlat  maktabgacha ta’lim tashkiloti,  137 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat ko‘rsatadi. Ayni paytda 4381 nafar pedagoglar 53507 nafar o‘quvchilarga, 990 nafar tarbiyachi-pedagoglar 18193 nafar 65,5 % tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.

2025 yil 9 oyi davomida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida tumanda faoliyat olib borayotan 24 nafar maktab direktorlari menejerlik sertifikatlarini qo‘lga kiritib, oylik maoshlarining  50 % miqdorida har oylik ustamalar olib kelishmoqda.

Ushbu o‘quv yilida ham fan olimpiadalari yo‘nalishida hamda xalqaro olimpiadalarda salmoqli natijalarga erishilganligini alohida ta’kidlash joiz.

O‘quvchilarimiz ushbu o‘quv yilini 88 nafari oltin, 6 nafari esa kumush medallari bilan tamomladilar.

3448 nafar bitiruvchilarimiz oliy ta’lim muassasalariga o‘qish istagida hujjat topshirishgan bo‘lib, OTMga kirish ko‘rsatkichlari 1227 ta’limning kiyyengi bosqichiga o‘qishini davom ettirmoqda.

Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda

Hozirgi kunda tuman madaniyat bo‘limiga qarashli 5 ta madaniyat markazi mavjud bo‘lib, 26-son madaniyat markazi joriy yilda Namunaviy madaniyat markaziga aylantirildi. Tuman hokimligi tomonidan ushbu madaniyat markazini kapital ta’mirlash uchun 155 million so‘m mablag‘ ajratilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu markaz hozirgi kunda tumanimiz aholisining madaniy dam olishlari uchun 20 ta mahallaga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Markaz tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida 200 dan ortiq madaniy, ma’rifiy hamda ommaviy tadbirlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari 26-son madaniyat markazi qoshida “Sarbozi” folklor etnografik xalq jamoasi, “Zarafshon”, “Chaman” ashula va raqs xalq jamoalari ham faoliyat olib bormoqda. Ushbu jamoalar o‘z chiqishlari bilan tumanda tashkil etilayotgan “Navro‘z” umumxalq bayrami, Mustaqillik bayramlarida nafaqat tumanimiz aholisi, balki qo‘shni tumanlar aholisi, qolaversa viloyat va Respublikamiz aholisining olqishlariga sazovor bo‘lib kelmoqda.

Hujjatlar


Teglar